date

Krishtianu Ronaldu nihoyat to‘y sanasini aytdi

Krishtianu Ronaldu nihoyat to‘y sanasini aytdi

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu uzoq yillik sevgilisi Jorjina Rodrigesga nihoyat uylanmoqchi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u mashhur jurnalist Pirs Morgan bilan bo‘lgan intervyusida aytib o‘tdi.

“Jahon chempionatidan so‘ng, mundial g‘olibi sifatida to‘y qilish eng yaxshi reja bo‘lsa kerak”, — dedi Ronaldu.

Futbolchi bu qarorini hazil aralash e’lon qilgan bo‘lsa-da, muxlislar bu so‘zlarni jiddiy qabul qilishdi. Ularning fikricha, Ronaldu va Jorjina munosabatlari nihoyat rasmiy tus oladi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges 2016 yildan beri birga. Ular birgalikda bir necha farzandni tarbiyalamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu nihoyat to‘y sanasini aytdi