1. Arbidol
Faol moda: umifenovir
Boshqacha nomi: «Arpetolid», «Arpeflyu, «ORVItolNP», «Arpetol», «Immustat».
Bu dori 1974 yilda ixtiro etilgan, biroq Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tan olinmagan. Ushbu dorining sinovi faqatgina MDH davlatlari va Xitoyda o‘tkazilgan. U turli xil kasalliklar, shu jumladan grippni ham davolab, inson immunutini ko‘taradigan virusga qarshi dori sanaladi. Biroq samaradorligi haligacha isbotlanmagan.
2. Essensiale
Faol modda: polienilfosfatidilxolin.
Boshqacha nomi: «Essensiale forte», «Essensiale N», «Essensiale forte N».
Jigarni davolovchi ushbu taniqli dori unga o‘xshash barcha “gepatoprotektorlar” kabi jigarni umuman himoya qilmaydi. Ilmiy tadqiqotlar “essensiale”ning biron bir ijobiy tomonini aniqlamagan. Lekin uning o‘rniga boshqa bir jihat ko‘zga tashlanib qoldi: o‘tkir va surunkali virusli gepatitda u safro to‘xtab qolishi hamda yallig‘lanish jarayonini faollashtirish xususiyatiga ega ekan. Umuman olganda, u ozuqaviy qo‘shilma sanaladi.
3. Probiotiklar
Faol modda: tirik mikroorganizmlar.
Mashhur dorilar: «Xilak forte», «Asilakt», «Bifiliz», «Laktobakterin», «Bifiform», «Sporobakterin», «Enterol».
Probiotiklarning samarali ekanligi isbotlanmagan, bundan tashqari bu dorilar tarkibida mavjud aksariyat mikroorganizmlar tirik ham emas. Gap shundaki, u qog‘oz qutiga solinayotganda, 99 foiz barcha foydali bakteriya va sporalar o‘ldiriladi. Undan ko‘ra bir stakan kefir ichgan foydaliroq. Evropa va AQShda probiotiklar tavsiya etilmaydi.
4. Mezim forte
Faol modda: pankreatin.
Boshqa nomlanishi: «Biofestal», «Normoenzim», «Festal», «Enzistal», «Biozim», «Vestal», «Gastenorm», «Kreon», «Mikrazim», «Panzim», «Panzinorm», «Pankreazim», «Pansitrat», «Penzital», «Uni-Festal», «Enzibene», «Ermital».
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra pankreatin faqatgina oshqozonda ovqat hazm bo‘lmaganda foyda berishi mumkin. Diabet, pankreatit, churra va oshqozon-ichak tizimining boshqa kasalliklarini u davolamaydi.
5. Korvalol
Faol modda: fenobarbital.
Boshqacha nomlanishi: «Valokordin», «Valoserdin».
Fenobarbital narkotik ta’sirga ega xavfli barbiturat sanaladi. Uni katta dozalarda muntazam ravishda ichish jiddiy nevrologik va kognitiv buzilishlarga olib keladi, (qisqa muddatli xotira, nutq buzilishi, to‘g‘ri yurolmaslik), u shuningdek jinsiy funksiyani bosadi, shu bois ham uning AQSh, BAA va Evropaning ko‘plab davlatlariga olib kirilishi ta’qiqlangan.
6. Pirasetam
Boshqacha nomi: «Lusetam», «Memotropil», «Nootropil», «Piratropil», «Serebril».
Nootrop dorilar kabi bu dori ham ko‘proq MDH davlatlarida ma’lum. Pirasetamning samaradorligi isbotlanmagan, biroq uning yot ta’sirlari aniqlangan. U aksariyat rivojlangan davlatlarda ro‘yxatdan o‘tmagan.
7. Sinnarizin
Faol modda: difenilpiperazin.
Boshqacha nomlanishi: «Stugezin», «Stugeron», «Stunaron».
Sinnarizin hozirgi paytda asosan Bangladeshda ishlab chiqariladi, G‘arbda esa uni qo‘llash bundan 30 yil oldin ta’qiqlab qo‘yilgan. Nega? Chunki uning ta’sirida yuzaga keladigan yot ta’sirlar ro‘yxati ancha-muncha ko‘p joy oladi, shu bois faqatgina bu dorini ichish parkinsonizmning o‘tkir ko‘rinishiga olib kelishini eslatib qo‘ymoqchi edik.
8. Validol
Faol modda: izovalerian kislotasining mentil efiri.
Boshqacha nomlanishi: «Valofin», «Mentoval».
Validol samaradorligi isbotlanmagan eskirib qolgan dori sanaladi. Yurak bilan muammolar yuzaga kelganda unga ishonib qolmang! U hech nima bermaydi, infarktda esa har bir soniya qimmatlidir!
9. Novo-passit
Faol modda: gayfenezin.
Antiksiolitik sanalgan ushbu dori tarkibida juda ko‘p dorivor o‘simliklar ekstrakti mavjud, biroq uning yagona ta’sir etuvchi moddasi faqatgina balg‘am ko‘chirishda yordam beradi. U ko‘pincha yo‘talga qarshi dorilar tarkibiga kiritiladi, biroq u “Novo-passit”ga nisbat berilgan tinchlantirish xususiyatiga ega emas.
10. Gedeliks
Boshqacha nomlanishi: «Gederin», «Gelisal», «Prospan».
AQSh Milliy sog‘liqni saqlash instituti keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, quyidagi xulosaga kelgan: pechak yaproqlari ekstrakti mashhurligiga qaramay, yo‘talni davolashda samarali emas. Undan ko‘ra limonli choy ichgan ma’qulroq.
11. Glisin
Glisin — umuman dori emas, balki oddiy aminokislotadir. Mohiyatan oladigan bo‘lsak, u navbatdagi biofaol qo‘shilmadir, u organizmga na foyda, na zarar keltiradi. Glisinning klinik samaradorligi nafaqat isbotlanmagan, balki u bilan biron bir tadqiqotlar ham o‘tkazilmagan.
12. Sinupret
Faol modda: dorivor o‘simliklar ekstrakti.
Boshqacha nomlanishi: «Tonzipret», «Bronxipret».
U Germaniyada mashhur fitodoridir, uning samaradorligi faqatgina bu dorini ishlab chiqargan kompaniya tomonidan tasdiqlangan. Siz uni uy sharoitida o‘zingiz ham tayyorlashingiz mumkin, buning uchun gajak o‘t ildizi (gorechavka), navro‘zgul gullari (pervosvet), shavel, marjon (buzina) va tizimgul (verbena)dan damlama tayyorlaysiz, xolos.
Manba: Diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ekspert Putinning videomurojaatidagi g‘alati narsani payqadi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi