
Italiya futbolida 11-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Milan" jamoasi safarda "Parma"ga qarshi o'ynadi.
Uchrashuv davomida hisobda oldinda bo'lishiga qaramay, "Milan" g'alabani qo'lga kirita olmadi va o'yin 2:2 hisobida yakunlandi. "Milan" himoyachisi Matteo Gabbia bu natijadan qoniqmaganini yashirmadi va jamoasi aniq uch ochkoni boy berganini ta'kidladi.
"Biz juda xafa bo'ldik, chunki ikki ochkoni boy berdik. Bu mavsumda birinchi marta emas.
Biz yanada e'tiborli va qat'iyatli bo'lishimiz kerak," dedi Gabbia pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Shu bilan birga, "Milan" vaqtinchalik turnir jadvalining birinchi pog'onasiga qaytdi, ammo raqiblari yakshanba kuni o'z o'yinlarini o'tkazishlari kerak.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing