Qaysi viloyatda eng ko‘p kartoshka yetishtirildi?

1 daqiqa o'qish10.8K
Qaysi viloyatda eng ko‘p kartoshka yetishtirildi?

Qaysi viloyatda eng ko‘p kartoshka yetishtirildi?
Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yilning yanvar–sentyabr oylari uchun kartoshka yetishtirish ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyati mamlakat bo‘yicha kartoshka yetishtirishda yaqqol yetakchiga aylandi.

Hisobot davrida respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 3,1 million tonna kartoshka yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich mamlakat qishloq xo‘jaligidagi muhim natijalardan biri sifatida qayd etildi.

Hududlar kesimida eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan viloyatlar quyidagicha:
– Samarqand viloyati — 631 922 tonna
– Toshkent viloyati — 320 053 tonna
– Farg‘ona viloyati — 317 426 tonna
– Surxondaryo viloyati — 316 052 tonna
– Andijon viloyati — 306 060 tonna

Shuningdek, Namangan viloyatida 298 992 tonna, Buxoro viloyatida 278 682 tonna, Qashqadaryoda 168 317 tonna, Xorazmda 140 672 tonna, Navoiyda esa 83 552 tonna kartoshka yetishtirilgan.

Eng past ko‘rsatkich Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelgan — jami 429 tonna.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?