
Chorshanba kuni Barselona Chempionlar Ligasi doirasida Belgiya klubi Bryuggaga qarshi maydonga tushdi va uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Bellashuvdan so'ng, kataloniyaliklar jamoasi chap qanotdagi muammolar borasida jiddiy xavotir bildirdi.
Himoyachi Alejandro Balde raqiblarga juda ko'p bo'sh joy qoldirgan bo'lsa, vinger Markus Reshford pressingda yetarlicha faol bo'lmagan va Baldega himoyada yordam berishda sustkashlik qilgan. Bu haqda jurnalist Fernando Polo ma'lum qildi.
Ushbu vaziyatda, Rafinya Diasning jamoa uchun ahamiyati yanada yaqqol ko'rinib qoldi. U nafaqat hujumda ajoyib o'yin ko'rsatgan, balki to'psiz o'yinda ham jamoani o'z ishiga rag'batlantirgan edi.
Braziliyalik futbolchi oxirgi o'yinlarni jarohati sabab o'tkazib yuborgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.