Ro‘za durust bo‘lishi uchun uch xil shart topilishi lozim.
Birinchi shart – zimmaga lozim bo‘lish shartlari.
Bu shartlar to‘rttadir:
1. Islom. Musulmon bo‘lmagan odamga ro‘za farz bo‘lmaydi. Unday odam ro‘za tutsa ham, ro‘zasi ibodat o‘rniga o‘tmaydi. Kofir odam Ramazonda Islomga kirsa, o‘sha kundan boshlab ro‘za tutadi.
2. Aql. Aqli yo‘q odamga ro‘za farz bo‘lmaydi, chunki u mukallaf emas.
3. Balog‘at. Balog‘atga etmagan yosh bolalarga ro‘za farz bo‘lmaydi. Ramazon oyida balog‘atga etganlar o‘sha kundan boshlab ro‘za tutishni boshlaydilar.
Ikkinchi shart – ro‘zani ado etish uchun lozim shartlar:
Bu shartlar ikkitadir:
1) Sog‘lom bo‘lish. Bemor kishiga ro‘za tutish vojib emas.
2) Muqim bo‘lish. Musofirga ro‘za tutish farz emas. U safardan qaytganda qazosini tutib beradi.
Uchinchi shart – ro‘zaning to‘g‘ri bo‘lishi shartlari.
Bu shartlar uchtadir:
1) Niyat. Niyatsiz ro‘za durust bo‘lmaydi.
2) Nifos va hayzdan xoli bo‘lish. Nifos va hayzli bo‘laturib tutilgan ro‘za durust bo‘lmaydi.
3) Ramazon ro‘zasining adosi va qazosi shar’iy kunduzning yarmidan avval niyat qilish bilan to‘g‘ri bo‘ladi.
Ma’lumki, qilinishi lozim bo‘lgan amalni shariatda belgilangan vaqtda qilish «ado» deyiladi. Qilinishi lozim bo‘lgan amalni belgilangan vaqtidan keyin bajarish «qazo» deyiladi.
Ramazon ro‘zasini vaqtida tutish farz. Agar u vaqtida ado qilinmagan bo‘lsa, qazosini tutish farz.
Ramazon ro‘zasini vaqtida ado qilish farzligiga dalil:
Alloh taolo Baqara surasida shunday degan:
«Ramazon oyi – unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq-oydin hujjatlar bo‘lib, Qur’on nozil qilingan. Sizlardan kim bu oyda hozir bo‘lsa, uning ro‘zasini tutsin», degan (185-oyat).
Ramazon ro‘zasining qazosini tutish farzligiga dalil:
Alloh taolo Baqara surasida:
«Va sizlardan kim bemor yoki safarda bo‘lsa, bas, sanog‘i boshqa kunlardan», degan (185-oyat).
Shuningdek, kafforat ro‘zalari ham vojibdir. Birovni xato, ehtiyotsizlik sababli o‘ldirib qo‘ygan yoki ayolini zihor qilgan odam boshqa kafforatlarni bajara olmasa, ketma-ket ikki oy ro‘za tutishi vojib bo‘ladi.
Alloh taolo Qur’oni Karimda:
«Kim (qul) topmasa, bas (qayta) qo‘shilmasdan avval ikki oy ketma-ket ro‘za tutsin», degan (Mujodala surasi, 4-oyat).
Alloh taolo Qur’oni Karimda qasamini bzgan kishining kafforati haqida:
«Ana o‘sha, agar qasam ichgan bo‘lsangiz, qasamingizning kafforatidir», degan (Moida surasi, 89-oyat).
Shar’iy kunduz tong otgandan (subhi sodiqdan) boshlanib, quyosh botguncha davom etadi. Shar’iy bo‘lmagan kunduz esa «lug‘aviy kunduz» deb ataladi va u quyosh chiqqandan boshlab botguncha davom etadi. Demak, ro‘za tutmoqchi bo‘lgan kishi tong otgandan boshlab kunduzning yarmigacha niyat qilib olsa, ro‘zasi to‘g‘ri bo‘ladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?