16:25 / 01.08.2017
6 262

Hamkasblar bilan til topishish, bolani tinchlantirish va ozishga yordam beruvchi 9 harakat

Hamkasblar bilan til topishish, bolani tinchlantirish va ozishga yordam beruvchi 9 harakat
Ma’lum bir harakatlar turli hayotiy vaziyatlarda juda katta yordam berishi mumkin, bular orqali siz kishini o‘zingizga yaqinlashtirishingiz, yanada ishonchli pozisiyaga ega bo‘lishingiz mumkin.

O‘zingizni ishonchliroq his etishingiz uchun

Agarda mas’uliyatli tadbir yoki suhbatda ishtirok etishingiz kerak bo‘lsa, bir necha daqiqa gavdangizni o‘zingizga ishonch bag‘ishlaydigan holatda tuting. Masalan, qo‘llaringizni boshingiz uzra V harfi ko‘rinishida ko‘taring yoki yonboshingizga bosing. Bu holatlardan birida ikkita daqiqa turishning o‘zi etadi.

Ijodkor bo‘lish uchun

Yangi nimanidir o‘ylab topmoqchi yoki muammoga boshqacha nigoh bilan qaramoqchi bo‘lsangiz, ovoz chiqarib o‘ylang hamda parallel ravishda har ikki qo‘lingizni harakatga keltiring. Singapurlik olimlarning aniqlashicha, har ikki qo‘lning harakatga keltirilishi ijodiy vazifalarni yaxshi uddalashda yordam berar ekan.

Insonga noqulay ekanini tushunish uchun

Yaqinlaringizning imo-ishoralariga e’tibor bering. Bu ular o‘zlarini qanday his etayotganlarini tushunishda yordam ko‘rsatadi. Agarda inson bilaklarini doim ushlab turib, xuddi soatlarini to‘g‘irlayotgandek bo‘lsa, bilingki, u nimadandir tashvishda yoki o‘zini noqulay his etmoqda.

Bolani tinchlantirish uchun

Agarda yig‘layotgan bolani tinchlantira olmasangiz, qanday gapirayotganingizga e’tibor qarating. Bir maromdagi sokin nutq tinchlantiruvchi effekt beradi, baland va tez gapirish esa bolaning salbiy hissiyotlarini battar kuchaytirishi mumkin. Sekin so‘zlab, ba’zi so‘zlar orasida tanaffuslar qiling.

O‘zingizga yaqinlashtirish uchun

Yangi insonga qiziqishingiz bor ekanini ko‘rsatish kerak bo‘lsa va uni o‘zingizga yaqinlashtirmoqchi bo‘lsangiz, unga ochiq kaftli qo‘lingizni uzating. Kishilar bu harakatni ishonchning bildirilishi sifatida qabul qilishadi.

Agarda, muloqotni tezlik bilan to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, qo‘lingizni yashirishga urining: masalan, kaftlarni yopib qo‘yib, qo‘ltig‘ingizga berkiting.

Hamkasblar bilan til topishish uchun

Tushlik vaqtida qandaydir bahona bilan hamkasbingizga “besh tashlashga” harakat qilib ko‘ring. Jismoniy o‘zaro aloqaning juda kam vaqti ham kishilar bir-birini ongli darajada yaxshi tushunishiga sabab bo‘ladi.

Vaznni tashlash uchun

Har gal sog‘lom taom iste’mol qilishdan voz kechmaslik uchun qo‘llaringiz mushaklarini harakatga keltiring. Tadqiqotlarga ko‘ra, bu sog‘lom tanlovni amalga oshirish imkoniyatini yanada kuchaytiradi.

Ishonchliroq bo‘lish uchun

Boshqa insonni o‘zingiz aytayotgan narsaga ishontirish uchun past ovoz bilan gapirishga urinib ko‘ring. Nutqning baland tovushi hayajondan darak beradi, pasti esa atrofdagilarni tinchlantiradi hamda ularning sizga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

Uzr so‘rash uchun

Kimningdir oldida uzr so‘rash chog‘ida iyakni to‘g‘ri ushlang. Bunday vaziyatlarda yuqori ko‘tarilgan iyakni ikkiyuzlamachilik sifatida qabul qilishadi, juda ham past tushgani esa – kuchsizlik belgisi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hamkasblar bilan til topishish, bolani tinchlantirish va ozishga yordam beruvchi 9 harakat