Prezident Javohir Sindarovning dastlabki o‘yinlarini yuqori baholadi (video)

Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindarovning jahon chempionligi uchun kechayotgan bahsdagi o‘yinlarini kuzatib borayotganini ma’lum qildi. Prezident grossmeysterning dastlabki partiyalardagi mahoratini e’tirof etdi.
Davlat rahbari Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining ilmiy-amaliy markazida investorlar bilan suhbat chog‘ida shaxmat haqida ham fikr bildirdi.
“Xudodan iltijo qilib so‘rayapmiz. Uchta o‘yinni yaxshi o‘ynadi, qarab turibmiz. Alloh unga kuch bersin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindarov haqida.
Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju bilan shaxmat bo‘yicha jahon tojiga ega chiqish uchun bahs olib bormoqda. Uchrashuvning dastlabki uchta partiyasi durang bilan yakunlangan. Hozircha umumiy hisob 1,5:1,5.
Jami 14 ta partiyadan iborat matchda g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun shaxmatchilardan biri 7,5 ochko to‘plashi kerak. Agar asosiy bahsda g‘olib aniqlanmasa, jahon chempioni tay-brek orqali belgilanadi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
































Izohlar0
…