Kayfiyat yoki uyqu sifati bilan bog‘liq muammolaringiz bo‘lsa, kofeindan voz kechishga harakat qilib ko‘ring. Bunday qaror biryo‘la qator ijobiy o‘zgarishlar olib keladi. Ishbilarmon, StackFrame kompaniyasi asoschisi Jin Makkalli shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Sabablari
Biz bolaligimizdanoq kofein iste’mol qila boshlaymiz: u choy, kola va boshqa qator ichimliklarda bor. O‘zimiz sezmagan holatda bizga zarur bo‘lgan kofein miqdori sekin-astalik bilan oshib boradi va muayyan darajada tobe’likni rivojlantiradi. Endi ertalablari qahva ichmay, o‘zimizni tetik his qila olmaymiz. Albatta, kofein hammaga ham bir xil ta’sir qilavermaydi. Biroq uni muntazam ravishda iste’mol qilish aksariyat odamlarda o‘rganish hissini keltirib chiqaradi.
Kofein miyadagi adenozin retseptorlarini bloklaydi va buning natijasida biz o‘zimizni tetikroq his qilamiz. Biroq asta-sekinlik bilan yangi adenozin retseptorlari hosil bo‘ladi va shunda kofein tetiklashtiruvchi ta’sirga ega bo‘lmay qoladi. Rag‘batlantiruvchi ta’sirni qayta his qilish uchun uning miqdorini oshirishga to‘g‘ri keladi.
Ijobiy tomonlari
- Kun davomida energiya darajasi o‘zgarishsiz qoladi. Muntazam ravishda kofein iste’mol qilinganda energiya darajasi odatda kun davomida pasayadi, buning natijasida esa qahva yoki choy ichish istagi tug‘iladi;
- Uyqu sifati yaxshilanadi. Uxlashingiz osonlashadi, tunda kamroq uyg‘onasiz. Kofeinni, ayniqsa kunning ikkinchi yarmida iste’mol qilinganda uyquga ketish qiyinlashadi;
- Kayfiyat bir maromga tushadi. Agar avvallari qahva ichmay, o‘zingizni asabiy his qilgan bo‘lsangiz, endi bunday muammo bo‘lmaydi;
- Ertalablari sport bilan shug‘ullanish yengillashadi. Endi qahva bilan "zaryadlanish"ga hojat qolmaydi, axir siz shundoq ham miriqib uxlab, tetik uyg‘ondingiz-ku!
Salbiy tomonlari
- Uyqusizlikni kompensatsiya qilishning iloji yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, uyqu rejimingizga e’tiborliroq bo‘lasiz. Zero kunduzi o‘zingizni tetik his qilishingiz uchun uxlashga ertaroq yotish kerak bo‘ladi;
- Aksariyat holatlarda shunchaki oddiy suv ichilmaydi, shu bois dastlab o‘zingizni noqulay his qilasiz. Biroq vaqt o‘tgach, bunga ko‘nikasiz;
- Shunday kunlar bo‘ladiki, qo‘shimcha rag‘batsiz tetik yurish juda qiyin bo‘ladi. Ana shunda bir finjon qahva ishlarni tezroq uddalashga yordam beradigandek tuyuladi. Biroq bunday qilmang, chunki vaqtinchalik ko‘tarilgan energiya darajasi yana asl holiga qaytadi va siz o‘zingizni yanada yomon his qilasiz.
Qanday voz kechish mumkin?
Kundan kunga kofein iste’molini kamaytiring. Shunda jarayon osonroq kechadi va siz bosh og‘riqlari va lanjlik bilan kuzatiluvchi "bekor qilish sindromi"ni chetlab o‘tasiz.
Qahvaning turli markalarida kofein miqdori ham turlicha bo‘ladi, shuning uchun qahva iste’mol qilib, jarayonni tartibga keltirish qiyin. Siz sport bilan shug‘ullanib, tarkibida kofein bo‘lgan energetik ichimliklarni (ayniqsa kukun ko‘rinishidagi) ichadigan bo‘lsangiz, osonroq bo‘ladi. Bunday holatlarda kofeindan to‘liq voz kechgunga qadar ichimlikdagi poroshok miqdorini kamaytirib boring.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Taker Karlson: Zelenskiy o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda