2017 yilda anchagina geosiyosiy, ijtimoiy va texnologik o‘zgarishlar kuzatildi, besh yulduzli mehmonxonalar esa imkon qadar ularga moslashmoqda. Kelgusi yilda bu sohadan nimalar kutish mumkinligi haqida ekspertlar - International Inc. global brending bo‘yicha direktori Tina Edmunson, Nyu-York universiteti qoshidagi Jonatan Tish nomli Mehmondorchilik va turizm markazi professori Born Xenson, Hilton Worldwide Holdings Inc. yuqori segmentining global brending bo‘yicha direktori Jon Vanderslis, Deloitte LLP ishchi tashriflar, mehmondorchilik va xizmatlar bo‘limidan Gay Lenrgford va Marchello Gasdiyalar hikoya qilishadi.
Yangi yig‘imlar yirik bozorlarga zarba beradi
Kelgusi yilda AQShning yirik bozorlaridagi mehmonxonalar qimmatlashadi, zero mahalliy hukumatlar kurort yig‘imlarini tobora ko‘proq joriy qilishmoqda. Yig‘im summasi sutkasiga 25 dollargachani tashkil qilishi mumkin. Xenson tajribali sayyoh katta tanlovga ega bo‘lmaydigan Nyu-Yorkda yig‘imlar ta’sirini kuchliroq his qildi - eng yaxshi joylar odatda buyurtmaga ko‘ra band qilinadi.
Gap-so‘zlarga qaraganda, tez orada Chikago va Los-Anjelesda ham yig‘imlar yo‘lga qo‘yiladi. Safar xarajatlarini hisoblaganda, har ehtimolga qarshi, yig‘imlarni ham inobatga olish kerak - afsuski, bu sohada to‘liq shaffoflikka erishishga hali vaqt bor. Umuman olganda, buning yaxshi tomoni ham mavjud. "Bu nomerlarga tarifni oshirishdan yaxshiroq, - deydi Xanson. - Tariflardan farqli o‘laroq, yig‘imlar bo‘lgan mehmonxonalarda yashaganlik uchun shahar soliqlari olinmaydi".
Nomerlarda hech qanday tozalashlar bo‘lmaydi
"Mehmonxonalar borgan sari ko‘proq nomerdagi tozalash ishlaridan voz kechmoqda va buning ikki sababi bor. Ulardan biri - narx", - deydi Xenson. Ikkinchisi, uning so‘zlariga ko‘ra, maxfiylik.
"Odamlar tushunarsiz sabablarga ko‘ra, ba’zan ko‘proq, ba’zida esa kamroq o‘z shaxsiy hududi borasida xavotirga tushishadi va aynan hozir biz maksimal darajada aralashmaslik bosqichidan o‘tyapmiz. Ba’zi odamlar hatto tish cho‘tkasi qo‘yilgan joy o‘zgarishidan ham jiddiy tashvishga tushishadi", - deya izohlaydi u.
Lengford shunday deydi: "Shaxsan men bu yo‘nalishda haqiqatda qadrli xizmatlar va keraksiz dahmazalar bor deb hisoblayman. Masalan, mening o‘rnimga birovning karavotimni tartibga keltirishi kerak emas. Ba’zi kompaniyalar uchun bu faoliyatining bir qismi bo‘lishi mumkin. Qolgan barcha holatlarda bu mijozning yelkasiga yuklanuvchi ortiqcha xarajatlardir".
Nomerlardagi "internet-buyumlar"
"Hozir hammaning xayolida texnologiyalar", - deydi Marriott'ning sakkiz hashamatli brendini boshqaruvchi Edmundson. Ayniqsa, "internet-buyumlar" (IoT) — Nest aqlli termostati yoki Alexa ovozli yordamchisi kabi ulanuvchi qurilmalarga yo‘naltirilgan sarmoyalar barchaning diqqatini tortmoqda.
Marriott Samsung va Legrand SA bilan hamkorlikda ishlab chiqqan mehmonxona nomerida sizning sevimli suv haroratingizni eslab qoluvchi dush, oilaviy suratlarga almashtirish mumkin bo‘lgan devoriy suratlar va ovozli so‘rovga binoan video ko‘rsata oluvchi displey o‘rnatilgan ko‘zgularni topish mumkin. 2018 yildan sekin-asta yangi turdagi nomerlarni joriy qilish boshlanadi. Ularni, hoynahoy, birinchi bo‘lib W Hotels tarmog‘i taklif qilsa kerak.
Vanderslis, ehtimol, kelajakka yanada yaqinlashdi: Hilton yaqindagina "aqlli nomerlar"ni namoyish qildi. "Aqlli nomerlar"da mobil ilova yordamida televizor, yorug‘lik, havo harorati va raqamli ramkalardagi tasvirlarni boshqarish mumkin. Yaqin haftalar ichida bunday nomerlar yirik shaharlarda paydo bo‘ladi, 2018 va 2019 yillarda esa ular barcha Hilton mehmonxonalarida tatbiq etiladi.
"2018 yil IoT-texnologiyalar uchun katta o‘yinning boshlanishi bo‘ladi, - deydi Gaddia. - Ularning "yetilishi" uchun vaqt kerak bo‘ldi, lekin endi ular real vaqt rejimida servisni personallashtirish imkonini beradi. Bu hamma uchun qulay".
Lobbi qiyofasi o‘zgartiriladi
Ace va 1 Hotels kabi brendlar eskicha lobbidan muvaffaqiyatli xalos bo‘lmoqda va o‘z xollarini kovorkinglarga aylantirmoqda. Biroq hashamatli brendlar sezilarli darajada an’analarga sodiqlikni saqlab qolmoqda. Shunga qaramay, 2018 yilda nimalardir o‘zgarishi mumkin, deb hisoblaydi Xenson. Uning ishonch bilan ta’kidlashicha, ro‘yxatdan o‘tish joyi sekin-asta o‘tmishda qoladi: yangi avlod sayyohlari rasmiy etiket emas, yaqinlik muhitini afzal ko‘radi.
"Ellik yil avval hech qanday kreditkalar yo‘q edi, shu bois kimdir kassaga yaqinlashib, naqd pullarni o‘marishi mumkin edi, - deydi u. - Biroq zamonlar o‘zgardi, mehmonxonalarda mijoz va xodim o‘rtasida boshqa bunday to‘siqqa hojat yo‘q. Endi ular "Qulay burchak yaratishga harakat qilib ko‘rsakmikan?", deb o‘ylashmoqda.
Darhaqiqat, bugungi kunga kelib, dunyoning ba’zi eng yaxshi mehmonxonalarida ko‘proq uy-mehmonxonalarni yodga soluvchi ro‘yxatdan o‘tish zonalarini ko‘rish mumkin.
Sog‘lom hayot tarzi har qachongidan muhim bo‘ladi
"Sog‘lom hayot tarzi sanoati trillion dollarli bozorga aylanadi, - deb hisoblaydi Lengford. Hamma bundan pul ishlagisi keladi, biroq barcha brendlar vazifani o‘zicha hal qiladi. Qaysi yo‘l eng samarali bo‘lishini hali hech kim tushunmadi".
Hyatt afsonaviy Miraval brendiga 375 million dollar sarf qildi, JW Marriott esa mehmonlarga balet bilan shug‘ullanishni taklif qilish uchun «Balet Joffri» bilan hamkorlik qilmoqda. Bu vaqtda esa Four Seasons mehmonxonalar tarmog‘i dexlorlangan dush va Dipak Chopra videoroliklari bo‘lgan maxsus "salomatlik xonalari"ni ishlab chiqdi.
"Bozordan qolib ketmaslikka harakat qilayotgan kurortlar va spa-mehmonxonalar ko‘proq shifokor, hamshira va parhezshunoslarni jalb etish uchun ishga yollash strategiyasini o‘zgartirmoqda, - deydi Gaddia. - Biroq ularning daromad va ko‘rsatkichlari bunday yondashuvning foydasiga aniq ishora qilmoqda". Xenson buni tasdiqlamoqda: "Hatto byudjet mehmonxonalar o‘z fitnes-markazlarini modernizatsiyalashsa ham, oliy segment brendlari bu masalada inkor etib bo‘lmas ustunlikka ega bo‘ladi".
Edmundsonning aytishicha, yaqinda Marriott mehmonlarining 5000 nafari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma ma’lumotlariga ko‘ra, 80 foizga yaqin respondent bugun ularning jismoniy va ruhiy farovonligi mehmonxona uchun uch yil avvalgidan ko‘proq ahamiyatga ega ekanini tasdiqlamoqda. Ko‘p mehmonlar so‘nggi 12 oyda uyquni yaxshilash ustida ishlashgani, yangi parhezlarni qo‘llab ko‘rishgani yoki meditatsiyani tajribadan o‘tkazishganiga ishora qilishgan. Shunday ekan, 2018 yilda Marriott'ga tegishli sakkiz brend bu yo‘nalishni tadqiq qilsa, bunga ajablanishga hojat yo‘q, JW Marriott esa bu jarayonda yetakchilik rolini o‘z zimmasiga oladi.
Mehmonxonalar ko‘proq xizmatlarni taklif eta boshlaydi
Mehmonxona biznesi bundan keyin to‘rt devor bilan cheklana olmaydi. "Bugungi kunda biz o‘zimizni mehmonxona sektoridan ko‘ra sayyohlik sektoridagi faol o‘yinchi deb hisoblaymiz", - deydi yaqin ikki yilda Ritz-Carlton kruiz mahsulotini yo‘lga qo‘yishga doir ishlarni boshqaruvchi Edmundson.
"Har bir sektorda, jumladan turizmda ham barchasi ekotizimlarga borib taqaladi, - deydi Gaddia. - O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, nima uchun Amazon Whole Foods'ni qo‘lga kiritdi? Hamma gap aralash sohalardan to‘g‘ri foydalana bilishda". Bu sayyohlar uchun nimani bildirishi mumkin? Xususan, mehmonxonalar tobora ko‘proq o‘z ekskursion dastur va tadbirlarni taklif qilishini.
"Turizm sohasi raqamli texnologiyalarning juda kuchli ta’siri ostida, - deydi Gasdiya, - va mehmonxonalar bundan pul ishlashga ulgurib olishmoqchi. Airbnb birinchilar qatorida ulgurdi".
Boshqa bir misol — Waldorf Astoria tarmog‘ining yangi Live Unforgettable kompaniyasi. Vanderlisning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxona mehmonlari taniqli kishilar bilan uchrashish imkoniga ega bo‘lishadi.
Xensonning ta’kidlashicha, bu sohadagi xizmatlar sotuvi hashamatli mehmonxonalar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu ularga mijozlar tajribasini boshdan oxirgacha nazorat qilish va ma’lumotlar to‘plashda yordam beradi.
"Hashamatli mehmonxonalar biz uchun ko‘proq xizmatlarni taqdim etishi kerak. Dazmol taxtasi va xalatni ko‘p joylarda berishlari mumkin, biznes-markazlar hammaga ham kerak emas, - deya izohlaydi u. - Mahalliy ekskursiyalar, teatr, ko‘zrgazmalarga chiptalar taqdim etish doimiy mehmonlarni qabul qilishning o‘ziga xos usulidir - bu hashamatli mehmonxonalarni boshqalaridan ajratib turuvchi jihatlarga aylanadi".
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa superklubi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi transferi bo‘yicha ish boshladi