22:30 / 01.06.2018
6 054

Imon zaifligi sabablari, belgilari va davosi

Imon zaifligi sabablari, belgilari va davosi
Imon nurini zaiflashtiruvchi illatlar:
– Zikr majlislari, jamoat namozi, yaxshi insonlar suhbatida ishtirok etmaslik.
– solih peshvolardan uzoqlashish.
– uzun orzu-havas.
– muboh sanalgan yeb-ichish, uxlash, so‘zlash, o‘yin-kulgida haddan oshish. Zero, ko‘p yeyish zehnni o‘tmaslashtiradi, tanani og‘irlashtiradi, kishini dangasa qilib qo‘yadi. Aytilishicha, kim ko‘p ovqat yesa, ko‘p suv ichadi, ko‘p uxlaydi. Oqibatda umrining ko‘p qismi lazzatlarga sarflanib, ajr-savoblardan mahrum bo‘ladi;
– gunohkorlar davrasiga kirish, nosog‘lom muhitda yashash.
– dunyo ishlariga mukkadan ketish.
– qalbni g‘aflat uyqusidan uyg‘otuvchi diniy-ma’rifiy adabiyotlarni mutolaa qilmaslik.
– dunyo bilan ovora bo‘lib, Allohga ibodat qilishni unutish.

Imon zaifligi belgilari:
– Haromga qo‘l urish, kichik gunohlarni mensimaslik.
– dilning qotishi.
– ibodatlarga sustkashlik qilish, namozlarni pala-partish o‘qish.
– fe’li torlik, ziqnalik, jizzakilik. Bunday odam arzimas narsaga jig‘ibiyron bo‘laveradi, odamlar bilan til topisha olmaydi.
– Qur’oni karimni o‘qiganda, ma’ruza eshitganda ta’sirlanmaslik.
– Allohning zikridan g‘ofil bo‘lish.
– tilni g‘iybatdan, yolg‘ondan tiymaslik.
– harom ishlarni ko‘rganda g‘azablanmaslik.
– makruh amallardan saqlanmaslik.
– vaqtini behuda narsalarga sovurish, foydali ishlardan o‘zini olib qochish.
– kichik ko‘ringan savobli ishlarga beparvo bo‘lish.
– birodarlariga yetgan ozorlarga qayg‘urmaslik.
– dini, dindoshlari oldidagi mas’uliyatini his etmaslik.
– musibatlarga sabrsizlik.
– rohat-farog‘atga o‘chlik.

Imon zaifligi davosi:
– Qur’on o‘qib, ma’nolarini qalbga singdirish.
– Allohni yod etish.
– Alloh taoloning buyukligini his etish, ilohiy mo‘jizalar haqida fikr yuritish.
– dinda sobitqadam qilishini Allohdan so‘rash.
– shar’iy ilmlarni o‘rganish.
– ulamolar davrasida o‘tirish.
– solih amallar qilishga shoshilish, umrning har bir daqiqasini g‘animat bilish.
– ezgu ishlarda bardavom bo‘lish.
– toat-ibodatlari Alloh huzurida qabul bo‘lishini umid qilish bilan birga qabul bo‘lmay qolishidan qo‘rqish.
– o‘zini hisob qilish, nafsini tergash, xato-kamchiliklarini to‘g‘rilash.
– xunuk oqibatdan qo‘rqish.
– o‘limni ko‘p eslash.
– qabrdagi holat haqida fikr yuritish.
– Allohga tavba-tazarru qilish.
– orzu-havasni kamaytirish, oxiratni o‘ylash.
– mo‘minlarni o‘ziga do‘st tutish, haqlariga muttasil duo qilish...
Ziyovuddin RAHIM,
“Qur’on – qalblar shifosi” kitobidan.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Imon zaifligi sabablari, belgilari va davosi