
Yaqin Sharqda aqllilik makkorlik, xoinlik va firibgarlik tushunchalari bilan chambarchas bog‘lanib qolgan. Agar makkor va firibgar bo‘lmasang, kimnidir chuv tushira olmasang, o‘z manfaating yo‘lida kerak bo‘lsa, eng yaqin insonlaringga qarshi turli xil o‘yinlar qurib, tuzoqlar qo‘ya olmasang, demak aqlli emassan, degan mantiq hukmron.
Mazkur kasal mantiq bu mintaqa aholisiga shu qadar mustahkam o‘rnashdiki, oqibatda aldamaydigan, yolg‘on gapirmaydigan odam qandaydir boshqacha inson sifatida taajjub bilan qabul qilina boshladi. Mezon shu darajada buzildiki, ortiq bunday sof tabiat faqat majnun yoki aqliy zaif kimsalardagina uchrashi mumkin deya ishonildi. Kim bilsin, muammolarimizning o‘q ildizlaridan biri ham balki, shudir aslida.
Alisher SULTONXO‘JAYeV
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar