
Londonning "Tottenhem" klubi bosh murabbiyi Tomas Frank "Bavariya" yarim himoyachisi Joau Palinyani sotib olish ehtimoli haqida fikr bildirdi. "Hozircha Joau bizni har jihatdan qoniqtirmoqda.
Yozda nima bo‘lishini ko‘ramiz", — deydi jurnalist Fabritsio Romano orqali Tomas Frank. Eslatib o‘tamiz, "Tottenhem" yozgi transfer oynasida 30 yoshli portugaliyalik futbolchini Myunxenning "Bavariya" klubidan ijaraga olgan edi.
Palinya bu mavsumda "shporlar" safida barcha musobaqalarda jami 17 o‘yinda maydonga tushdi, 4 gol urdi va 2 golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Palinyaning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar