Liverpul Bornmut yulduzi uchun 74 mln yevro taklif qildi

Liverpul Bornmut yulduzi uchun 74 mln yevro taklif qildi
Bornmut vingeri Antuan Semenyo qishki transfer oynasida Liverpulga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda Indykaila News xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Mersisayd klubi 25 yoshli futbolchi uchun 74 million yevro miqdorida taklif bilan chiqqan. Semenyoning o'zi ham Liverpulga qo'shilishni xohlayotgani aytilmoqda.

Bornmut futbolchini faqat shartnomada belgilangan maxsus shart bajarilgandagina qo'yib yuboradi. Ushbu shart Angliya Premer-ligasining uchta klubiga tegishlidir.

Biroq batafsil ma'lumot oshkor qilinmagan. Joriy mavsumda Semenyo Angliya chempionatida 10 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar