Islom dinida insonning faqat ruhiga emas, balki, jismiga ham ehtirom berilgan. Tirik jon borki taomga ehtiyoji bor. Shu jumladan insonni ham. Insonni ruhiyati iymon, amal, ilm va kitobxonlik bilan oziqlansa uni jismi taom va halol ichimliklardan oziqlanadi.
Faqat inson taomlanishda Islom dini ko‘rsatmasiga binoan isrofga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Barcha narsalardagi kabi yeb-ichishda ham Islom mo‘’tadillikni tavsiya etadi. Faqat, Alloh taolo halol qilgan taom va sharoblarni, albatta. Mo‘min musulmonlar halolu poklikka e’tibor berishi kerak. Ayniqsa, taomiga ham.
Islomda ovqatlanish qoidalari:
1. Taomini qay yo‘l bilan topayotganligiga e’tibor berishligi. O‘zi va ahli oilasini luqmasini pok tutishi.
2. Ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘lini yuvmoqligi. Hadisi sharifda: Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam shunday deydilar: “Ovqatlanishdan oldin qo‘lini yuvmoqlik, faqirlikdan saqlasa, taomlanib bo‘lgach yuvmoqlik insonni kichik saxvu xatolarini uchiradi”.
3. Dasturxon oldida chiroyli o‘tirmoqlik, yotib yoki yonboshlamaslik. Bu holat nafaqat beodoblik, balki, sog‘liqqa ham zarardur. Payg‘ambarimiz bu borada barchamizga o‘rnak bo‘lganlar. Hadisi sharifda keladi: “Albatta, men Allohning quliman, qullardek o‘tiraman va qullardek ovqatlanaman”.
4. Ovqatlanishdan avval “Bismillohni” zikr qilish va o‘ng qo‘l bilan yeyishlik. Nabiiy sollallohu alayhi vasallam: “Qachon biringiz taom yesa, Allohning ismini zikr qilsin. Agar, avvalida Allohning ismini zikr qilishni unutib qo‘ysa, “Bismilloh” avvaluhu va oxiruhu,” desin dedilar. Agar, inson Bismillohsiz taom yesa unga shayton sherik bo‘lib taomni barakasini ketkazar ekan. Ma’lumki, shayton bor joyda insonga yaxshilik bo‘lmaydi.
5. Ovqatlanganda tomog‘iga tiqilguncha yemaslik. Zero, qorin qancha to‘q bo‘lsa odamni dangasalik tutadi, xoh ibodatda, xoh riyozatda. Qorin 3 qism; 1 qismi ovqat uchun, 1 qismi suyuqlik uchun, 1 qismi nafas uchun bo‘lmog‘i kerak.
6. Oilada hamma jamuljam bo‘lib ovqatlanish barakali bo‘ladi, har kim alohida yeyishi Islom madaniyatidan emas. Hadisi sharifda: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilarki, “Taomni yaxshisi ko‘pchilik bilan baham ko‘riladiganidur”.
7. Taomni yeb bo‘lgandan keyin Alloh taologa hamd aytib duo qilmoqlik “Alhamdulillah”. “Bizlarni yedirib, ichirgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin, Allohga shukur” demog‘likdur.
Barchalarimizga Alloh buyurgan halolu-pok narsalarni tanovul qilishni nasib aylasin.
Ulug‘bek Ibodov, Buxoro viloyati Shofirkon tumani
“Hoja Sharofiddin” jome masjidi imom-xatibi.
“Hoja Sharofiddin” jome masjidi imom-xatibi.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi