Shimoliy Karolina shtatidagi Dyuk universiteti tadqiqotchilari sekin yurish miyaning erta qarishi bilan bog‘liqligini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari JAMA jurnalida chop etilgan.
Tadqiqotda 45 yoshga kirgan 900 dan ziyod Yangi Zelandiya aholisi ishtirok etgan. Ularning sog‘ligi uch yasharliklaridan kuzatib borilgan.
Eksperiment ishtirokchilarining deyarli butun hayoti davomida ma’lumot to‘plash yoshlik paytida past aql-idrok va sust til qobiliyatiga ega bo‘lganlar o‘rta yoshda sekinroq yurishlarini aniqlashga imkon bergan.
Qolaversa, tadqiqot ishtirokchilarga 45 yoshda magnit-rezonas tomogafiya (MRT) qildirilgan. Tomogafiya xulosasiga ko‘ra, sekin yuruvchilarning miya hajmi kichikligi va uning qobig‘ining zichligi kamligi aniqlangan. Shuningdek, ularda kichik tomirlarning xastaligidan darak beruvchi alomatlar kuzatilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, bularning barchasi miyaning erta qariyotganidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, tadqiqotchilar sakkiz kishidan iborat guruhdan ishtirokchilarning yoshi suratga qarab aniqlashni iltimos qilishgan. Natijada sekin yuruvchilar tez yuruvchilarga qaraganda keksa bo‘lib ko‘ringani ma’lum bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”