Foto: Getty Images
Dunyoda har uchinchi ayoldan biri (deyarli har homilador ayolning bittasi) kamqonlikdan aziyat chekadi, ya’ni qon hujayralari yetarli miqdorda kislorod tashiy olmaydi. Ba’zi hollarda anemiya tug‘ma, ba’zida esa bu kasallik B12 vitamini va temir tanqisligi fonida rivojlanadi. Quyidagi tavsiyalar asosida sizda kamqonlikning dastlabki alomatlari bor-yo‘qligini tekshirib ko‘ring.
Nafas qisilishi va bosh aylanishi
Maxsus oqsil — gemoglobinni ishlab chiqarish uchun temir va B12 vitamini juda zarur bo‘lib, ularsiz qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) yetarlicha ishlab chiqarilmaydi. Agar qonda gemoglobin yetarli bo‘lmasa, hujayralar kerakli miqdordagi kislorod olmaydi, natijada nafas olish va miyani qon bilan ta’minlash tizimi buziladi. Shu sababli bosh aylanib, nafas qisilishi mumkin.
Davomiy charchoq
Anemiyaning yana bir alomati — doimiy charchoq hissi va tez charchash. Bunga ham xuddi shu gemoglobin yetishmovchiligi aybdor. Agar odatdagi yumushlarni avvalgiday osonlikcha bajarishga qiynalayotgan bo‘lsangiz, qondagi gemoglobin va V12 vitaminlari miqdorini tekshiring.
Rangparlik
Qizil qon tanachalari yetishmasligi tananing eng katta organi — teri hujayralarini yetarli miqdorda kislorod bilan ta’minlashga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli teri rangpar, hatto sarg‘ish bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Bu iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilishga yana bir sabab bo‘la oladi.
Ko‘krakdagi og‘riq
Qonda qizil qon tanachalari qancha kam bo‘lsa, shunchalik ko‘p ishlashi kerak bo‘lgan yurakda stress kuchayadi. Natijada yurak urishi tezlashadi va ko‘krak sohasida og‘riq yuzaga keladi. O‘z vaqtida davolanilmasa, taxikardiya, yurak ritmi bilan bog‘liq muammolar, yurakning kattalashishi va hatto yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Ovqatlanish odatlarining o‘zgarishi
Muz, ichimlik sodasi, kesak, qalam va bo‘yoqlar — bu anemiyaga chalingan odamlar ko‘ngli tusaydigan narsalardir. Shifokorlar ushbu g‘alati holatni haligacha tushuntira olmaydilar, ammo ular ularni shubhasiz boshlang‘ich anemiya bilan bog‘lashadi. Agar siz to‘satdan biror-bir g‘alati narsani yeyishni xohlasangiz, bu gemoglobinni tekshiradigan vaqt kelganidan darak beradi.
Sovuq qo‘l va oyoqlar
Sovuq qo‘l va oyoqlar temir tanqisligi va kamqonlikning yana bir belgisidir. Temir moddasi eritrotsitlarni oyoq-qo‘llariga yetkazib berishga yordam beradi. Shuning uchun organizmda temir yetishmasa, qo‘l va oyoqlar muzlaydi.
Bosh og‘rig‘i
Barchada stress, uyqusizlik, shamollash va boshqa sabablar tufayli vaqti-vaqti bilan bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Ammo bosh og‘rig‘i tez-tez va uzoq vaqt davom etsa, shifokor bilan maslahatlashib, gemoglobin tekshiruvidan o‘tish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi