date

AQSHning viza imkoniyatlari pasayib,kuchli 10 talikdan chiqib ketdi

AQSHning viza imkoniyatlari pasayib,kuchli 10 talikdan chiqib ketdi

Henley & Partners tomonidan e’lon qilingan Passport Index ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH pasporti 2025 yilda dunyoning eng kuchli 10 ta pasporti ro‘yxatidan chiqib ketdi. Yangi reytingda Amerika pasporti 12-o‘rinni egalladi va bu pozitsiyani Malayziya pasporti bilan bo‘lishmoqda.

Biroq real ko‘rsatkichlar tahlilida, bir necha davlatlar bir xil viza imkoniyatlariga ega ekani hisobga olinsa, AQSH pasporti aslida ro‘yxatning 38-qatorida joylashgan. Bu esa AQSH pasporti nufuzining keskin pasayganini ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, Amerika fuqarolari 180 ta davlatga vizasiz yoki viza bilan kirish imkoniyatiga ega. Taqqoslash uchun, dunyoning eng kuchli pasporti deb topilgan Singapur pasporti egalari 193 davlatga erkin kira olishadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning viza imkoniyatlari pasayib,kuchli 10 talikdan chiqib ketdi