date

Indoneziyada 10 km balandlikda vulqon otildi

Indoneziyada 10 km balandlikda vulqon otildi
Indoneziyaning Sharqiy Nusa Tengara viloyatida joylashgan Levotobi Laki-laki vulqoni chorshanba kuni 10 kilometr balandlikda otildi. Hodisadan so‘ng ogohlantirish darajasi eng yuqori pog‘onaga ko‘tarildi.

Vulqon bir kechada ikki marta otilgan. Aholi xavf haqida ogohlantirildi va 7 kilometr radiusdagi hududni tark etish buyurildi.

Yaqin qishloqlarda yashovchi o‘nlab odamlar evakuatsiya qilindi. O‘tgan yili shu vulqon otilishida 10 kishi halok bo‘lgan edi.

Hodisa sababli Maumeredagi aeroport yopildi, ammo Bali oroliga parvozlar davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada 10 km balandlikda vulqon otildi