Tahlillarga ko‘ra, kamharakatlilik oqibatida dunyo bo‘yicha yiliga 5 million kishi hayotdan ko‘z yumadi. Eng yomoni, kelgusida bu ko‘rsatkichlar yanada oshishi mumkin.
Shu bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti barcha aholi qatlami uchun jismoniy faollik bo‘yicha yangi tavsiyalarni ishlab chiqdi, deb xabar qilmoqda SSV.
Unga ko‘ra:
- 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar kuniga kamida 60 daqiqa jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanishlari kerak. Bunda, avvalo, aerobik mashqlarga keng o‘rin berilishi muhim.
Qolaversa, velosiped haydash salomatlik uchun juda foydali. Tayanch-harakat tizimini mustahkamlashga qaratilgan bunday mashqlar bilan haftada kamida uch marta shug‘ullangan ma’qul. Turli sport o‘yinlari, masalan, futbol, voleybol, basketbol o‘ynash ham maqsadga muvofiq.
Bu yoshdagi o‘g‘il-qizlarda nofaol turmush tarzi oqibatida uyqu muddati qisqarishi ko‘plab kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, gadjetlar, televizor va kompyuterdan kamroq foydalanish tavsiya etiladi.
18-65 yoshli kishilar uchun jismoniy faollik nihoyatda zarur. Bu yurak-qon tomir, saraton, qandli diabet kabi xavfli kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, tushkunlik, jizzakilik, ishtaha yo‘qolishi, uyqusizlik, semizlik, xotira susayishi kabi noxush holatlarga barham beradi.
Ayni sababdan kattalar haftasiga kamida 150-300 daqiqa o‘rtacha intensivlikdagi aerobik mashqlar bilan shug‘ullanishlari lozim. Toza havoda yugurish (o‘rtacha tezlikda), yurish, jamoaviy sport o‘yinlarida ishtirok etishning ham ahamiyati katta.
65 yoshdan oshganlarning jismoniy faolligi o‘lim xavfini keskin kamaytiradi. Shu tufayli bu toifaga kiruvchilar haftasiga kamida 150-300 daqiqagacha o‘rtacha intensivlikdagi yengil jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlari kerak. Yoki kuchli aerobik mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni istaganlar uchun haftalik me’yor 75-150 daqiqaga teng bo‘lishi kerak.
Keksa yoshli insonlarda yiqilish, qoqilish kabi holatlar og‘ir asoratlarga sabab bo‘lishi ham ma’lum. Shuning uchun ular haftasiga kamida uch marta turli muvozanat va mushaklarni mustahkamlovchi mashqlrini bajarishlari tavsiya etiladi.
Umuman, jismoniy faollik:
- yurak va nafas olish tizimini mustahkamlaydi;
- ichak va buyrak faoliyatini yaxshilaydi;
- suyak va bo‘g‘imlarning to‘g‘ri shakllanishi hamda mustahkamlanishiga yordam beradi;
- tana vaznini me’yorda ushlaydi;
- fikrlash va bilim olish faoliyatini kuchaytiradi;
- intizom, iroda, uyushqoqlik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shakllantiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Pentagon AQSHning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor eslatdi
Olimlar bakteriyalardan yangi antibiotik yaratdi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Yevropa Ittifoqi va AQSH «uchinchi dunyo»ga ekologiya uchun yiliga $300 mlrd bermoqchi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi