Toshkent aeroportida 227 mln so‘mlik iPhone'lar aniqlandi: yo‘lovchilar qanday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan?

1 daqiqa o'qish103
Toshkent aeroportida 227 mln so‘mlik iPhone'lar aniqlandi: yo‘lovchilar qanday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan?

Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilardan 14 dona iPhone 18 va iPhone 17 rusumidagi smartfonlar aniqlandi. Ularning umumiy qiymati 227 million so‘mga baholangan. Telefonlar bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagani ma’lum bo‘ldi.

20–22 sentyabr kunlari "Toshkent xalqaro aeroporti" chegara bojxona posti xodimlari nazorat tadbirlarini o‘tkazdi. Tekshiruvlar davomida yo‘lovchilardan quyidagi smartfonlar aniqlandi:

8 dona iPhone 18

6 dona iPhone 17

Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, telefonlar yo‘lovchilarning og‘zaki so‘rovi va bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan. Amaldagi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyojlari uchun xorijdan ikkitagacha mobil qurilma olib kirishi mumkin.

Agar telefonning qiymati bojsiz olib kirish me’yoridan oshsa, ortiqcha qismi uchun 30 foiz miqdorida yagona bojxona to‘lovi undiriladi.

Shuningdek, olib kirilayotgan telefonlar yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilishi shart. Ushbu hujjat qurilmani UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishda ham muhim ahamiyatga ega. Bojxona organlari ma’lumotiga ko‘ra, telefon deklaratsiya qilinmasdan olib kirilsa, uni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida qurilmaning to‘liq qiymatidan 30 foiz miqdorida to‘lov undiriladi. Deklaratsiya qilingan telefonlarda esa to‘lov faqat bojsiz me’yordan oshgan qiymat qismiga hisoblanadi.

Hozirda aeroportda aniqlangan mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?