O‘zbekiston importda eng ko‘p mablag‘ni mashina va transport uskunalariga sarfladi

Iqtisodiyot1 daqiqa o'qish91
O‘zbekiston importda eng ko‘p mablag‘ni mashina va transport uskunalariga sarfladi

O‘zbekiston 2026 yilning dastlabki to‘rt oyida 16,4 mlrd dollarlik tovar va xizmat import qildi. Milliy statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, xarajatlarning eng katta qismi mashina va transport uskunalariga to‘g‘ri kelgan.

Mazkur yo‘nalishda import hajmi 5,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning yanvar–aprel oylariga nisbatan 29,1 foizlik o‘sish demakdir.

Sanoat tovarlari uchun 2,5 mlrd dollar sarflangan. Kimyoviy mahsulotlar importi 2 mlrd dollar, oziq-ovqat va tirik hayvonlar importi esa 1,9 mlrd dollar bo‘lgan. Eng yuqori o‘sish oziq-ovqat yo‘nalishida qayd etildi, ko‘rsatkich 47,2 foizga ko‘paygan.

Xizmatlar importi 1,6 mlrd dollar, mineral yoqilg‘i va moylash materiallari 1,4 mlrd dollarga yetgan. Tayyor buyumlar importi 585,7 mln dollar, nooziq-ovqat xomashyosi esa 464,8 mln dollarni tashkil qilgan.

Shuningdek, hayvon va o‘simlik moylari, yog‘lar hamda mumlar uchun 217,7 mln dollar, ichimliklar va tamaki mahsulotlari uchun 100,5 mln dollar sarflangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?