Ko‘pgina odamlar murosai madora, itoatkorlikni xushomadgo‘ylik, fe’l-atvorning salbiy sifati, deb hisoblashadi. Yo‘q, bunday emas. Itoatkorlik aslida juda katta boylikdir. U katta kuch bo‘lib, o‘z manfaatingiz yo‘lida qo‘llashingiz mumkin. Insoniyatning barcha ma’naviy, madaniy va moddiy sohadagi boyligi itoatkorlikka asoslangan...
Aynan itoatkorlik yordamida Gandi Hindistonga ozodlik olib keldi. Itoatkorlik ko‘magi ostida doktor Albert Shveyser afrikaliklarning farovon hayot qurishlariga yordam berdi.
Itoatkorlik fe’l-atvorning muhim ajralmas tarkibi, maqsadingiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, shaxsiy muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishda juda asqotadi. Va siz muvaffaqiyatning eng yuksak cho‘qqisiga chiqqaningizda, uni yanada muhimroq fazilat deb hisoblaysiz. Itoatkorlik fazilatisiz siz donishmandlikka ega bo‘la olmaysiz, chunki donishmand kishining eng muhim xislati: «Men nohaq edim», ─ deb ayta olish qobiliyatidir.
Itoatkorlik, murosai madorasiz hech qachon dard-alam va mag‘lubiyatni payqamaysiz. Vaholanki, men bu ikkisini «teppa-teng boylikning o‘sish belgilari, niholi» deb atagan bo‘lardim. Har bir mag‘lubiyat o‘zida uni yenga oladigan nimagadir ega, hatto undan baland ham turadi.
R.G.Le Turne biznesdagi hayotini garajda ishchi bo‘lishdan boshlagan. Ammo bu sohada muvaffaqiyatga erisha olmay, pudratchilik bilan shug‘ullanishga qaror qildi. U to‘g‘on qurilishi ishlarida bosh pudratchi bo‘lib, yer kavlash yumushlarini amalga oshirdi. Shunda kutilmaganda qattiq tosh jinslariga duch keldi. Bu «qaysar» jinsni bir yoqli qilishdagi qiyinchilik va vaqt ketkazish tashvishi uning ixtiyoridagi barcha sarmoyalarni sarflashga majbur etdi.
Le Turne o‘zining muvaffaqiyatsizligida hech kimni ayblamadi, taqdiridan ham, tabiat kuchlaridan ham nolimadi. Javobgarlikni to‘lasincha o‘z zimmasiga oldi. Navbatdagi ish to‘xtab qolganida, u sabr-toqat bilan ibodat qilishga vaqt topdi. Ana shunda Xudodan yo‘l-yo‘riq so‘rab, iltijo qilar ekan, oxirgi omadsizligida «o‘z manfaatiga teng bo‘lgan o‘sish belgisi borligi»ni payqab qoldi. Le Turne tog‘da qazish ishlari bilan shug‘ullanadigan mashinalar ishlab chiqarishga qaror qildi. Toki bu uskunalar har qanday tog‘ jinsini yoki tuproqni bemalol teshib o‘tadigan bo‘lsin.
Natijada Le Turne tog‘da kon qazish uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan bir nechta zavodning egasiga aylandi, uning nomini endi butun dunyo biladi. De Turne shunday muvaffaqiyatga erishdiki, bu millionlarga olib keldi. Ammo uning itoatkorlik bilan bog‘liq voqeasi shu bilan tugamaydi. Mag‘lubiyatni muvaffaqiyatga aylantirgan Le Turne olgan yordamiga minnatdorchilik bildirish maqsadida o‘zining bir qism daromadini xayriya qilishni odatga aylantirdi.
Itoatkorlik ba’zida muvaffaqiyatsizlikni ruhiy boylikka aylantiradi. Bir necha yil muqaddam kamina Shimoliy Karolina shtatidagi Uaytvillning sobiq meri va biznesmen Li Brakston huzuriga borishga qaror qildim. Bu tashrifim noqulay vaqtga to‘g‘ri keldi. Ya’ni Brakston yillar davomida eng ishongan sherigining ehtiyotsizligi tufayli juda katta moliyaviy zarar ko‘rgan edi.
─ Sizning ixtiyoringizda ishbilarmonlikka oid nechta loyiha mavjud? ─ deb so‘radim men.
─ Hammasi bo‘lib o‘n beshtaga yaqin, ─ javob berdi Brakston, ─ Uaytvilldagi Milliy Bankni ham qo‘shsa bo‘ladi. Ularning birortasidan bir sent ham yo‘qotmagandim. Bu kutilmagan yo‘qotish esa menga juda qattiq zarba bo‘lib tushdi. Butun obro‘-e’tiborim to‘kilib, sha’nimga dog‘ tushdi.
─ Bu yaxshi, ─ dedim men unga. ─ Siz muvaffaqiyatga erishganda qanchalik kuchli bo‘lsangiz, omadsizlik kelganda ham shunchalik ekaningizni anglab olish yo‘lidasiz. Agar ko‘nglingizda egallab turgan boyligingiz uchun itoatkorlik va minnatdorchilik tuyg‘ularini saqlagan bo‘lsangiz, bu yo‘qotish siz uchun ulug‘ bir ezgulik bo‘lib qoladi. Qalbda itoatkorlikni saqlar ekansiz, ilgari mutlaqo ko‘rmagan muvaffaqiyatlarga erishishingiz mumkin.
Brakstonning yuzi kulgidan yorishib ketdi.
─ Darhaqiqat, ─ dedi u, ─ men bu haqda hali aynan shu ma’noda o‘ylamagan ekanman.
Oradan bir necha oy o‘tgach, Brakstondan maktub oldim. Uning yozishicha, daromadlari xuddi oldingidek oshib, kamomadlarning o‘rnini to‘ldiradigan darajaga yetibdi. Itoatkorlik, murosai muadora hech qanday chek-chegara bilmaydigan ana shunday mutlaq kuchdir.
(Napoleon Xill kitobidan)
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi