date
views 25

Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqlandi

Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining (DXX) Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qozog‘istondan O‘zbekistonga olib kirilgan sintetik giyohvand vositalari aniqlandi.

Qayd qilinishicha, «Navoiy» chegara bojxona posti orqali kirib kelgan Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1983 va 1988 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaroga tegishli tibbiy uskunalar ko‘zdan kechirilgan. Natijada ularning ichiga yashirilgan, umumiy bahosi 1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 4,206 kg «Mefedron» hamda 3,970 kg «Alfa-PVP» sintetik giyohvandlik vositalari borligi aniqlangan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan Toshkent shahri va viloyatida yashovchi, 1992, 1993, 1995 hamda 2000 yillarda tug‘ilgan 5 nafar fuqaro ham qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ular Telegram messenjeri orqali narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Rossiya fuqarosi ko‘rsatmalarini bajargan.

«Navoiy» chegara bojxona postida fosh etilgan boshqa holatda 1980 yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi tomonidan aravakash sifatida yollangan shaxs Qozog‘istondan O‘zbekistonga gaz plitasini olib kirgan vaqtida to‘xtatilib tekshirilgan. Natijada, gaz plitasi ichida 1,985 kg «Alfa-PVP» sintetik narkotik moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida Toshkent shahrida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqlandi