
AQSh davlat kotibi Marko Rubio 2026 yilda O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters. "Ehtimol, bir haftalik sayohat rejalashtiriladi.
Shu bois, bu borada ishlashimiz va birgalikda amalga oshirishimiz kerak", dedi u. Mazkur bayonot "S5+1" sammiti arafasida yangradi.
Ushbu sammit 6-noyabr kuni bo'lib o'tadi va unda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari hamda AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirok etadi. Sammit davomida tomonlar investitsiya va savdo masalalarini muhokama qilishadi.
Bu esa Amerika fuqarolarini ish bilan ta'minlashga va mintaqa iqtisodiyotini mustahkamlashga yordam beradi. Rubio mintaqa va Vashingtonning manfaatlari tabiiy resurslardan foydalanish masalalarida bir-biriga mos kelishini ta'kidladi.
Davlat kotibi so'nggi o'n yil davomida Vashington Markaziy Osiyoga yetarlicha e'tibor bermaganligini, ammo hozirda AQSh hukumati mintaqa davlatlari bilan ikki tomonlama va mintaqaviy darajada hamkorlik qilishga tayyor ekanligini qayd etdi. Shuningdek, kotib o'rinbosari Kristofer Landau, Tramp Markaziy Osiyoning besh yetakchisini Vashingtonga taklif qilganini va mintaqa bilan yanada faol muloqot qilishni maqsad qilganini qo'shimcha qildi.
Marko Rubio O'zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar