
2026 yil 1 apreldan boshlab O'zbekistonda ayrim to'lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonida aytilgan.
Qonunga ko'ra, davlat tashkilotlari xizmatlari, kommunal to'lovlar, alkogol va tamaki mahsulotlari, yoqilg'i quyish shoxobchalaridagi to'lovlar, shuningdek, qiymati 25 million so'mdan yuqori bo'lgan tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlar faqat naqdsiz shaklda qabul qilinadi. Bundan tashqari, 10 yildan kam vaqt oldin ishlab chiqarilgan ko'chmas mulk va transport vositalari, jumladan maxsus texnika bo'yicha bitimlar ham faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatda 2030 yilga kelib yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish va savdo hamda xizmat ko'rsatish sohasida naqdsiz to'lovlarni 75 foizga yetkazish rejalashtirilgani ta'kidlangan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.