Rosenyor Palmerning ketishi haqidagi gaplarga izoh berdi

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer atrofidagi navbatdagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Oxirgi haftalarda OAVda 23 yoshli futbolist klubdagi vaziyatdan norozi ekani va muhitni o‘zgartirishni xohlashi haqida xabarlar ko‘paydi. Palmer uchun asosiy da’vogar sifatida «Manchester Yunayted» tilga olingandi.
«Koul Palmer baxtlimi? Ha. Biz uni “teginib bo‘lmaydigan” futbolchi deb hisoblaymizmi? Ha. Palmer — aql bovar qilmas darajada zo‘r. Uning baxtsizligi haqidagi gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Klub tomonidan hech qanday bayonot berishga asos yo‘q. Bu mavzu osmondan tushgandek paydo bo‘ldi, shuning uchun buni muhokama qilishning ham hojati yo‘q», — deya Rosenyorning so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.
Koul Palmerning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!