date

Arbeloa Belllingemdan kamroq yugurishni so‘raganini aytdi

Arbeloa Belllingemdan kamroq yugurishni so‘raganini aytdi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Jud Belllingemning o‘yinidagi eng katta jihatlardan birini alohida ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chorshanba kuni “qirollik klubi” Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida safarda Portugaliyaning “Benfika” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Arbeloaning aytishicha, u yaqinda o‘tgan o‘yindan 48 soat o‘tib Belllingemning yoniga borib, “Jud, shuncha ko‘p yugurishni bas qil”, degan. Murabbiy futbolchining tinimsiz harakatini “bu haqiqiy telbalik” deya baholagan.

Ma’lumot uchun, Alvaro Arbeloa 12-yanvar kuni “Real” bosh murabbiyi etib tayinlangan. O‘sha kuni klub Xabi Alonsoni lavozimidan ozod qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Belllingemdan kamroq yugurishni so‘raganini aytdi