date

Toshkentda «Kadisheva» bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda «Kadisheva» bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi «Aviasozlar» («Kadisheva») bozorida 13 dekabr kuni tungi soatlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in bozor hududidagi ma’muriy binoda boshlangan.

Yong‘in haqida xabar soat 01:30 da kelib tushgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga to‘rt daqiqada — soat 01:34 da yetib kelib, darhol yong‘inni o‘chirish ishlariga kirishgan.

Yong‘in soat 02:29 da mahalliylashtirilib, soat 03:03 da to‘liq o‘chirilgan. Shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisada jabrlanganlar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Kadisheva» bozorida yong‘in sodir bo‘ldi