date

N'Golo Kante Al-Ittihaddan Al-Nasrga o‘tishi mumkin

N'Golo Kante Al-Ittihaddan Al-Nasrga o‘tishi mumkin

«Al-Ittihad» yarim himoyachisi N’Golo Kante Saudiya Arabistonidagi boshqa klubga ko‘chib o‘tishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Al-Nasr»ning yuridik bo‘limi sobiq direktori Saad Al Subaiy bergan ma’lumotlarga ko‘ra, klub fransuz tayanch yarim himoyachisini safiga qo‘shishga qiziqish bildirmoqda. Kelishuv yanvar oyi yakuniga qadar rasmiylashishi mumkin.

Kante 2023 yilda «Chelsi»dan erkin agent sifatida «Al-Ittihad»ga kelib qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda fransuz futbolchi Saudiya klubi safida barcha musobaqalarda 25 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urdi va 1 assist qayd etdi. Transfermarkt portali yarim himoyachining bozor qiymatini 4,5 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » N'Golo Kante Al-Ittihaddan Al-Nasrga o‘tishi mumkin