Mateo Kovachich faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Mateo Kovachich yaqin orada Italiya chempionatiga qaytishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
31 yoshli futbolchiga «Milan» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Pyetro Baltsano xabariga ko'ra, «rossonerilar» vakillari yozgi transfer oynasi oldidan xorvatiyalik futbolchi bilan bog'lanib, ehtimoliy kelishuv tafsilotlarini muhokama qilgan.
Transfermarkt portali Kovachichning bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda. Uning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Yarim himoyachi Italiya futboli bilan yaxshi tanish: u 2013 yil boshidan 2015 yil yozigacha «Inter» safida o'ynagan va keyinroq Madridning «Real» klubiga yo'l olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing