Ter Shtegen Gironada qisqa fursatda muxlislar sevimlisiga aylandi

Germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen «Barselona»ni tark etib, «Girona» safiga qo'shildi va yangi klubida iliq kutib olindi. «Girona» bosh murabbiyi Michel futbolchini aynan o'zi tanlaganini hamda u hali ham eng yuqori darajadagi darvozabonlardan biri ekanini aytdi. Michel ter Shtegenning oyoqda o'ynashi va maydonni ko'ra bilishi jamoa uchun foydali ekanini, uning ajoyib debyut qilganini ta'kidladi.
Germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen «Barselona»ni tark etib, «Girona» safiga qo‘shildi. Kataloniyadagi yangi klubida u iliq kutib olindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa bosh murabbiyi Michel ter Shtegen transferi o‘z tashabbusi ekanini ta’kidladi: «Uni aynan men tanladim. U hanuz eng yuqori darajadagi darvozabonlar qatorida», dedi u muxlislarga.
Murabbiy futbolchining maydondagi roli faqat darvozani qo‘riqlash bilan cheklanmasligini ham qayd etdi: «U biz uchun ajoyib debyut qildi. Oyoqda o‘ynashi, maydonni ko‘ra bilishi juda foydali. Men uni nafaqat darvozabon, balki maydondagi o‘yinchi sifatida ham taklif qilgandim», deya fikr bildirdi.
Hozirda «Girona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. La Liganing keyingi turida kataloniyaliklar yanvar oyining so‘nggi kunida «Oviedo»ga qarshi maydonga tushadi.






























Izohlar 0
…