Fabio Kapello Inter murabbiyi Kivu ishini yuqori baholadi

Italiyaning “Milan” klubi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello “Inter”ni boshqarayotgan Kristian Kivu haqida iliq fikr bildirdi. Ruminiyalik mutaxassis o‘tgan yozda Simone Indzagi boshlab bergan to‘rt yillik davr yakunlanganidan so‘ng milanliklar boshqaruvini qo‘lga olgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kapelloning aytishicha, Kivu jamoaga olib kirayotgan yangiliklar e’tiborga molik. Xususan, “Lechche”ga qarshi keyinroq o‘tkazilgan uchrashuv arafasida futbolchilarga dam berilgani Kapelloda yaxshi taassurot qoldirgan.
“U kiyinish xonasidagi kayfiyatni juda yaxshi his qiladi — bu uning katta ustunligi. Futbolchilar esa shunday sodiq murabbiyni ranjitib qo‘ya olmasligini sezadi va maydonda borini beradi”, — deya Kapelloning so‘zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” A Seriyada peshqadamlik qilmoqda va “Milan”ni besh ochkoga ortda qoldirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!