date

2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada otishi mumkin

2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada otishi mumkin

2030 yil futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali Ispaniyada o‘tkazilishi kutilmoqda. BBC xabariga ko‘ra, bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Rafaelya Lusan ma’lum qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Musobaqaga Ispaniya, Portugaliya va Marokash hamkorlikda mezbonlik qiladi. Turnirning dastlabki uch uchrashuvi esa musobaqa 100 yilligiga bag‘ishlab Urugvay, Argentina va Paragvayda bo‘lib o‘tadi.

“Ispaniya ko‘p yillardan beri yirik turnirlarni yuqori saviyada tashkil etishini isbotlab kelmoqda. 2030 yilgi Jahon chempionatida yetakchi rol aynan Ispaniyaga tegishli bo‘ladi va final ham shu yerda o‘tkaziladi”, — dedi Lusan. U hozircha qaysi stadion tanlangani haqida aniqlik kiritmadi.

Avvalroq Marokash vakillari finalni Kasablankadagi “Grand Stad Hassan II” arenasida qabul qilish istagini bildirgandi. Qurilishi 2028 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan stadion 115 ming tomoshabinni sig‘dira olishi aytilmoqda. FIFA esa hozircha hal qiluvchi o‘yin qayerda bo‘lishi bo‘yicha izoh bermagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » 2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada otishi mumkin