RB Leyptsig Sankt-Pauliga qarshi g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Germaniya chempionatining 19-turida «Sankt-Pauli» o‘z maydonida «RB Leyptsig»ni qabul qildi va uch ochkoni oxirgi daqiqalarda boy berayotgan raqibdan durangni sug‘urib oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv boshida mehmonlar faollik ko‘rsatdi: 8-daqiqada Ksaver Shlagerning zarbasi ustunga tegib qaytdi. «Sankt-Pauli» ham imkoniyat topdi — Riki-Jeyd Jons jarima maydonida nazoratsiz qolgan vaziyatda darvozani nishonga ola bilmadi, qolaversa ofsaydda edi. Birinchi bo‘lim oxirida Yan Diomandning uzatmasidan so‘ng Antonio Nusaning zarbasini darvozabon qaytardi.
Hisob 66-daqiqada ochildi: burchak zarbasi samara bermagach, hujum davom etdi va Diomand rikoshet yordamida to‘pni darvozaga joyladi — 0:1. Qo‘shimcha daqiqalarda esa David Raum jarima maydonida Marteyn Karsga qarshi qoida buzdi va hakam penalti belgiladi. 11 metrdan Kars darvozabon yo‘nalishni topganiga qaramay, aniq ijro etdi — 1:1.
Durangdan keyin «RB Leyptsig» turnir jadvalida to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarildi, «Sankt-Pauli» esa pastki qismda — oxiridan ikkinchi o‘rinda qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!