Microsoft yangi ommaviy ishdan bo'shatishlar haqidagi gaplarni rad etdi

Microsoft’ning kommunikatsiyalar bo‘limi rahbari Frenk Shou kompaniyada navbatdagi yirik qisqartirishlar bo‘lishi haqidagi mish-mishlarni ochiq rad etdi. Bu haqda playground.ru xabar beradi.
Avvalroq ishonchsiz manbalar Microsoft sun’iy intellekt yo‘nalishini tezlashtirish uchun xodimlarni ommaviy qisqartirishga, jumladan o‘yin bo‘linmasida ham shtatni kamaytirishga borishi mumkinligini da’vo qilgandi.
So‘nggi paytlarda internetda Microsoft va Xbox’ga qarshi keskin munozaralar kuchayib, korporatsiyaga nisbatan nafrat uyg‘otishga urinuvchi postlar hamda feyk xabarlar soni ko‘paygani ta’kidlanmoqda. Ayrim foydalanuvchilar kompaniyani mahsulotlariga sun’iy intellektni faol joriy qilayotgani uchun tanqid qilmoqda.
Shou bayonoti rasmiy vakil nomidan ommaga ochiq tarzda berilganini inobatga olsak, har qanday internetdagi gap-so‘z yoki maqolaga ko‘r-ko‘rona ishonmaslik kerakligi yana bir bor eslatiladi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilda Xbox 25 yilligini nishonlaydi. Yanvarda Xbox Developer Direct taqdimoti kutilmoqda: unda Halo: Campaign Evolved, Forza Horizon 6, Gears of War E-Day, Fable qayta ishga tushirilishi, shuningdek Clockwork Revolution va boshqa kutilmagan yangiliklar namoyish etilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!