Surxandaryoda ikkinchi jahon urushining so‘nggi qatnashchisi 105 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Surxondaryo viloyati Boysun tumani Temirdarvoza mahallasida yashagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Shohimardon Hamroyev 105 yoshida vafot etdi. U viloyatda hayot bo‘lgan so‘nggi urush qatnashchisi edi.
Shohimardon ota urush yillarida Voronej, Latviya, Litva va Estoniya hududlaridagi janglarda ishtirok etgan. U front ortida emas, bevosita jang maydonlarida Vatan himoyasi uchun kurashgan.
Yaqinlari va zamondoshlari uni yurtga sadoqat bilan xizmat qilgan, burch va mas’uliyatni hayot mazmuniga aylantirgan inson sifatida eslaydi.
Urushdan keyin Shohimardon Hamroyev hayotini ta’lim sohasiga bag‘ishladi. Qariyb 40-yil davomida rus tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlab, yuzlab yoshlarga bilim va tarbiya berdi.
Ko‘p yillik samarali mehnati uchun u “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!