Mubinlolo uni o‘ldirishga da’vat qilgan bloger haqida o‘zining fikrini ochiqchasiga aytdi (video)

Mubinlolo uni o‘ldirishga da’vat qilgan bloger haqida o‘zining fikrini ochiqchasiga aytdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda 600 mingdan ortiq kuzatuvchiga ega bo‘lgan va Umr.Sham taxallusi bilan tanilgan bloger boshqa shaxslarga nisbatan o‘ldirish bilan tahdid qilgani hamda ochiq chaqiriqlar e’lon qilgani ortidan huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan edi. Ushbu holat internetda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Avvalroq Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ham yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat bildirgan.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Mubinlolo nomi bilan tanilgan bloger Mubina Abbosxonovaning yangi «Red Flag» nomli qo‘shig‘i hamda erkaklar haqidagi fikrlari aks etgan videosi keng tarqaldi. Mazkur lavhalar foydalanuvchilar o‘rtasida turli bahs va munozaralarni keltirib chiqardi.

Mubina Abbosxonova videoga bildirilayotgan munosabatlar fonida Umr.Shamga nisbatan hech qanday adovati yo‘qligini ta’kidladi. U blogerning qo‘lga olinishi yoki qamalishini istamasligini bildirib, izohida quyidagilarni yozdi:

«Bu bolaga nisbatan hech qanday adovatim yo‘q va qamalib ketishini xohlamayman. Odamiz-ku, hamma ham xato qiladi».

Shuningdek, Mubinlolo o‘z fikrini izohlab, qonunlarni yaxshi tushunmasligini, biroq Umr.Shamning ham ota-onasi borligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, blogerga nisbatan shaxsiy adovati yo‘q va uning qamalishini istamaydi.

Ushbu fikrlar ham ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar