19:29 / 02.05.2017
13 242

Baliqchilik sohasida yangi institut tashkil etiladi

Baliqchilik sohasida yangi institut tashkil etiladi
Kecha, 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyov “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bir oy muddatda Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tajriba stansiyasini Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga aylantiriladi va uning filiallari Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida va respublikaning boshqa hududlarida tashkil etiladi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot va seleksiya-naslchilik ishlarini, zamonaviy ozuqalar resepturasini ishlab chiqish va baliqchilik tarmog‘ida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish bo‘yicha boshqa tadbirlarni amalga oshirishni, baliqlarning kasalliklari profilaktikasi va ularni davolashni, tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha investisiya loyihalari shakllantirilishini moliyalashtirish uchun “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Baliqchilik sohasida yangi institut tashkil etiladi