Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Bashar Shen «turk litseylar»ning asl maqsadi va xavfini O‘zbekiston ancha ilgari aniqlaganini bildirdi. Bu haqda Kun.uz nashri elchining so‘zlariga tayanib xabar bermoqda.
13 iyul kuni Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida 2016 yil 15 iyulda sodir etilgan davlat to‘ntarishi yetakchisi Fethullah Gulenning 40 yil mobaynida Turk davlatini qo‘lga kiritish uchun tuzgan rejalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
«Fethullohchi terror tashkiloti o‘zini bir paytda ta’lim ulashuvchi bo‘g‘in sifatida yaxshi ko‘rsatib, dunyoning 150-160 davlatlariga joylashib olayotgan bir davrda, O‘zbekistonda uzoqni ko‘ra oladigan rahbarlar uning asl niyatini o‘sha ondayoq seza olishdi. Uning ildizini butunlay qo‘porib tashlashdi. Biz buni minnatdorchilik bilan aytishimiz lozim», – deb ta’kidladi Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi.
Elchining ta’kidlashicha, FETO nafaqat Turkiyaning, balki boshqa davlatlarning ham tizimiga joylashib olib, davlatni qayta tuzishni maqsad qilib qo‘ygan, maxfiylik va tovlamachilik ustiga qurilgan yangi avlod terrorchi tashkilotidir. Turkiyada asosiy moliyaviy manbasi ta’lim markazlari, darsxonalarining yopilishi tashkilotga katta zarba bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Fethullah Gulen 1970 yildan xususiy maktablar ochib, yoshlarni ongiga ta’sir o‘tkazishga harakat qilgan. O‘quvchilarining aksariyati kelgusida Qurolli kuchlar, Adliya, Sud, Politsiya kabi davlatning muhim idoralarida ish bilan ta’minlangan. Keyinchalik, Turkiyadagi 15 iyul voqealari ham aynan shunday harbiylar tomonidan amalga oshirilgan.
Elchining fikriga ko‘ra, bugungi kunga qadar o‘n minglab davlat mulozimlari yuqorida keltirilgan sabab ishdan olingan. Sud jarayonlari to‘daning o‘ta maxfiyligi bois murakkab davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, 15 iyul Turkiya Respublikasi va turk xalqining tarixida demokratiya g‘alabasi sifatida o‘z o‘rnini egallagan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi