27 dekabr kuni Toshkent shahrida ikkita jiddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Yunusobod hamda Mirobod tumanlarida ro‘y bergan YTHlar haqida ma’lumot bergan.
IIBB xabariga ko‘ra, soat taxminan 11:50 da Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasida joylashgan temiryo‘l kesishmasida «Taksi lyuks» kompaniyasiga tegishli Lacetti avtomobili haydovchisi nazorat ostidagi yopiq to‘siqqa borib urilgan va buning oqibatida avtomashina ishdan chiqqan.
Haydovchi va ikki yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. YTHga haydovchining temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidalarini buzgani sabab bo‘lgani aytilgan. «49 yoshli haydovchi K.Mahmudov tomonidan temiryo‘l kesishmasini kesib o‘tish qoidalarining buzilganligi ushbu yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan», — deyiladi IIBB axborotida.
Foto: IIBB
Shu kuni soat taxminan 12:30 da esa Kichik halqa yo‘lining Mirobod tumanidan o‘tgan qismida «AS Invest Grupp»ga tegishli Howo yuk avtomobili ag‘darilib ketgan. Qayd etilishicha, 19 yoshli haydovchi tajribasizlik qilib mashina boshqaruvini yo‘qotgan. Yuk mashinasiga ortilgan yuk (tosh va qum) yo‘lga to‘kilib ketgan, hech kim jabrlanmagan. «Haydovchi hamda yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari zarar ko‘rmagan», — deyiladi IIBB xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi