Qarzlarini o‘z vaqtida to‘lamagan fuqaroning “TRACKER 2” avtoulovi xatlandi

1 daqiqa o'qish92
Qarzlarini o‘z vaqtida to‘lamagan fuqaroning  “TRACKER 2”  avtoulovi xatlandi

Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida fuqaro N.A.ning kommunal to‘lovlar, soliq va ma’muriy jarimalar bo‘yicha uzoq vaqt davomida qarzdorlikni bartaraf etmagani aniqlandi.

FIB Mirobod tumanlararo sudining 2025 yil 19 martdagi sud buyrug‘iga asosan qarzdordan issiqlik ta’minoti korxonasi foydasiga 21,1 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirish belgilangan.

Shuningdek, Yashnobod tuman soliq inspeksiyasi foydasiga soliq qarzi, 16 ta YHXBB qarorlari bo‘yicha ma’muriy jarimalar hamda davlat bojlari bo‘yicha ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, jami qarzdorlik miqdori 33,5 million so‘mdan oshgan.

O‘rganishlar natijasida qarzdor nomida “TRACKER 2” rusumli avtotransport vositasi borligi aniqlanib, u qidiruvga berilgan.

Olib borilgan chora-tadbirlar davomida qarzdorlik ixtiyoriy ravishda to‘lanmagani sababli 2026 yil 9 avgust kuni mazkur avtomashina xatlandi.

Ayni paytda davlat ijrochisi tomonidan transport vositasini elektron auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda. Savdodan tushadigan mablag‘lar qarzdorga nisbatan mavjud bo‘lgan 21 ta ijro hujjati bo‘yicha qarzdorliklarni qoplashga yo‘naltiriladi.

Mazkur holat kommunal xizmatlar, soliq va ma’muriy jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamaslik mulkiy oqibatlarga olib kelishi, xususan avtotransport vositasi xatlanib, auksion orqali sotilishi mumkinligini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Fuqarolardan majburiy ijro choralari qo‘llanilishidan oldin qarzdorliklarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish so‘raladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?