Lacetti, Kia K5 va Zeekr ishtirokidagi YTH bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

1 daqiqa o'qish171
Lacetti, Kia K5 va Zeekr ishtirokidagi YTH bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Lacetti, Kia K5 va Zeekr avtomobillari ishtirokida sodir bo'lgan og'ir YTH oqibatida ikki kishi halok bo'ldi va yana uch kishi jarohat oldi.
  • Dastlabki tergov ma'lumotlariga ko'ra, Kia K5 va Zeekr mashinalarini voyaga yetmagan maktab o'quvchilari boshqargan hamda ular o'zaro poyga uyushtirgan bo'lishi mumkin.

Toshkent shahri Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi, jumladan, ikki nafar bola jarohat oldi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB.

Hodisa 30 iyun kuni ertalab soat 05:10 atrofida Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. YTHda Lacetti, Kia K5 va Zeekr avtomobillari ishtirok etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Lacetti haydovchisi qayrilmoqchi bo‘lgan vaqtda yuqori tezlikda harakatlangan Zeekr uni aylanib o‘tgani, ortidan kelgan Kia K5 esa to‘qnashuvdan qochib ulgurmagani ko‘rinadi. Zarba oqibatida Lacetti ikki qismga bo‘linib ketgan.

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, Lacetti salonida bo‘lgan ikki kishi vafot etgan. Yana uch nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Kia K5 va Zeekr avtomobillarini voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari boshqargan. Katta ehtimol bilan ular o‘zaro poyga uyushtirgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Kia K5 rulida bo‘lgan o‘quvchi mashinani otasidan so‘ramasdan olib chiqqanini aytgan. U voqea uchun marhumlarning yaqinlari, ota-onasi va jamoatchilikdan uzr so‘ragan.

Zeekr haydovchisi esa hodisa joyidan ketib qolganini tan olgan. Uning aytishicha, voqeadan keyin shok holatida uyiga ketgan.

Mazkur holat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi. Unda mahalla faollari, o‘quvchilar tahsil olgan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar ishtirok etgan.

Hodisa bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu modda transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan holatlarni nazarda tutadi.

Ish bo‘yicha tergov guruhi tuzilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?