22:46 / 23.04.2020
43 151

Ramazon oyida og‘iz yopish va ochish duosi hamda vaqtlari

Ramazon oyida og‘iz yopish va ochish duosi hamda vaqtlari
2020 yil 24 apreldan boshlab O‘zbekiston musulmonlari ham dunyoning boshqa mamlakatlaridagi musulmonlar singari Islomning to‘rtinchi arkoni bo‘lmish ro‘za ibodatini ado eta boshlaydi. Sizlarga 2020 yil uchun Toshkent vaqti bo‘yicha Ramazon taqvimini hamda Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) va Iftorlik (og‘iz ochish) duolarini taqdim etamiz.

Boshqa shaharlar Toshkent vaqtidan quyidagi daqiqalarga farqlanadi:
Avval: Chimkent (-1), Konibodom (-5), Xo‘jand (-6), Qo‘qon (-7), Jambul (-7), Namangan (-10), Farg‘ona (-10), Marg‘ilon (-10), Andijon (-11), O‘sh (-14), Jalolobod (-15), Bishkek (-21), Olmaota (-21)
Keyin: Bekobod (+4), Turkiston (+4), Jizzax (+6), Guliston (+7), Denov (+7), Jomboy (+7), Samarqand (+9), Shahrisabz (+10), Kattaqo‘rg‘on (+12), Qarshi (+12), Nurota (+14), Navoiy (+19), Buxoro (+21), Xiva (+35), Nukus (+42)

Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) duosi
Navaytu an asuvma sovma shahro ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’aalaa, Allohu akbar.
Ma’nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun Alloh buyukdir.

Iftorlik (og‘iz ochish) duosi
Allohumma laka sumtu va bika amantu va a’layka tavakkaltu va a’laa rizqika aftartu, fag‘firliy ma qoddamtu va maa axxortu birohmatika ya arhamar roohimiyn.
Ma’nosi: Ey Alloh, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey mehribonlarning eng mehriboni, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgil!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ramazon oyida og‘iz yopish va ochish duosi hamda vaqtlari