16:37 / 07.02.2025
246

Oʻzbekistonda onlayn kredit olish tartibi soddalashtiriladi

Oʻzbekistonda onlayn kredit olish tartibi soddalashtiriladi
Shavkat Mirziyoyev 7 fevral kuni xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish boʻyicha qaror tayyorlash va taqdim etishni mutasaddilarga topshirdi.

Onlayn kreditlash jarayoni

Oʻzbekistonda 2025 yil 1 aprelgacha onlayn kredit ajratish boʻyicha vaqtinchalik tartib amal qiladi. Unga muvofiq, fuqarolar kredit tashkilotining mobil ilovasi orqali kreditga ariza topshirish uchun biometrik identifikatsiyadan oʻtishi lozim. Bu jarayon fuqaroning shaxsan oʻzi ariza yuborganini tasdiqlash va shaxsga oid ma'lumotlarni yana bir bor tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.

Shuningdek, mijozning kredit tarixi ikki bosqichda oʻrganiladi:

1. Ariza tushgandan soʻng
2. Kredit mablagʻlari ajratilishidan oldin

Tekshiruv natijalariga koʻra, agar mijozning qarz yuki yuqori yoki muddati oʻtgan qarzi mavjud boʻlsa, unga kredit rad etilishi yoki ajratiladigan summa oʻzgarishi mumkin.

Firibgarlik holatlari va oldini olish choralari

Markaziy bank mutasaddilariga koʻra, bu tizim firibgarlik holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. 2024 yilda 463 ta holatda qariyb 15 milliard soʻm miqdorda moddiy zarar etkazilgani aniqlangan.

Banklarda masofaviy xizmatlar kengayishi

Yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev banklar joriy yilda masofaviy xizmat koʻrsatishni kamida 30 foizga oshirishi lozimligini ham ta'kidladi.

Yangi islohotlar onlayn kreditlash jarayonini tezlashtirish, xavfsizligini ta'minlash va bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot