17:24 / 07.02.2025
36

Ma'muriy sudga kelmaganlik uchun jarima qoʻllanadi

Ma'muriy sudga kelmaganlik uchun jarima qoʻllanadi
Prezident tomonidan «Fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

Endilikda:
  • davlat organi qarori yoki uning mansabdor shaxsi harakati (harakatsizlik) ustidan berilgan arizani ma'muriy sudlarda koʻrishda mansabdor shaxs yoki uning vakili zarur tushuntirishlar berish uchun sud muhokamasida ishtirok etishi shart hisoblanadi;
  • davlat organi mansabdor shaxsi yoki uni taqdirda, mansabdor shaxsga nisbatan sud jarimasi qoʻllanadi.

Ma'muriy sud ish yurituvida dastlabki eshitish instituti ham joriy etilmoqda, unda arizachining talablari aniqlanadi va arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻriladi. Dastlabki eshitish muddati 20 kun.

Bundan tashqari, sudga hurmatsizlik va uning ajrimlarini bajarmaslik bilan bogʻliq huquqbuzarliklar sodir etilganda, ma'muriy sud ishni mustaqil ravishda koʻrib chiqishi mumkin.

Shuningdek, Ma'muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berildi.

2025 yil 1 maydan boshlab tadbirkorlik sub'ekti soliq qoidabuzarliklarini tan olganida, soliq organi tomonidan uning bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish tartibi joriy etiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat