7 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha asosiy vazifalar muhokama qilindi. Yigʻilishda banklar avtokreditlar uchun avtomobillarga qoʻllaniladigan chegirmalarni inobatga olishni boshlashi haqida ma'lumot berildi.
Taksi sohasiga katta e'tibor qaratiladi. Yigʻilishda taksi agregatorlaridan biri 2 mingta avtomobilni kredit orqali moliyalashtirish va 4 ming odamni ish bilan ta'minlash taklifini bildirgani aytildi. Bu taklif amalga oshsa, zamonaviy taksilar soni ortib, transport xizmatlari yaxshilanishi kutilmoqda. Bunday loyihalar uchun banklar 1 trillion soʻm kredit ajratishga tayyor.
Avtosalonlar chegirmalari avtokreditga ham tatbiq etiladi
Hozirgi kunda avtosalonlar naqd toʻlovda xaridorlarga chegirmalar taklif qilmoqda. Biroq, amaldagi qoidalarga koʻra, banklar kredit orqali sotib olingan mashinalar uchun bu chegirmalarni inobatga olmaydi. Yigʻilishda ushbu cheklovni bekor qilish taklif etildi. Agar banklar chegirmalarni hisobga olsa, avtokreditlar boʻyicha foiz stavkasi 4 foizga arzonlashishi mumkin. Shu bois, mahalliy avtomobillar uchun bu cheklovni bekor qilish muhimligi ta'kidlandi.
Transport sohasi boʻyicha 2025 yil rejalari
Yigʻilishda 2025 yilda transport xizmatlari hajmini 15 foizga oshirib, 185 trillion soʻmga etkazish, shuningdek, transport xizmati eksportini 2,2 milliard dollarga chiqarish vazifasi belgilandi.
Kredit berish talablari kuchaytirilgan
2024 yil 1 iyuldan boshlab, Oʻzbekistonda aholiga kredit berish shartlari yanada qat'iylashtirildi. Markaziy bank qarz yuki koʻrsatkichini joriy etdi, unga koʻra, qarz oluvchining oʻrtacha kredit toʻlovlari uning oylik daromadining 60 foizidan oshmasligi lozim. Barcha kredit tashkilotlari, shu jumladan mikrokreditlar beruvchilar ham ushbu cheklovga rioya qilishi shart. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar