3 180
Oʻzbekistonda huquqbuzarlik qilishi mumkin boʻlgan 800 ming kishining roʻyxati tuzildi
Oʻzbekistonda huquqbuzarlik sodir etishi yoki undan jabrlanishi ehtimoli yuqori boʻlgan jami 800 mingdan ortiq shaxslar roʻyxati shakllantirildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi JXD axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, ularning 588 mingdan ortigʻiga xulosalar berilib, mahalla vakillari tomonidan 400 mingdan ortiq fuqarolarning muammolari ijobiy hal etildi.
2025 yili Fargʻona, Andijon, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarining kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan 419 ta mahallalarni oʻz ichiga qamrab oladigan 84 ta mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Qoʻshimcha qilinishicha, keyinchalik ushbu tizim boshqa hududlarga ham tatbiq etiladi.
Mahalla huquq-tartibot maskaniga 5 tagacha mahalla biriktirilib, bosh inspektorga mahalla biriktirilmaydi. U mahallalarda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha kunlik ishni samarali tashkil etish hamda maskan faoliyatiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan mas'ul deb belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar