Kia kompaniyasi Hindiston bozoriga mo‘ljallangan yangi Kia Syros krossoverini taqdim etdi. Model 11 500 dollardan boshlanadigan narxda sotuvga chiqadi va benzin hamda dizel dvigatellar bilan taqdim etiladi.
Baza versiyasi 120 ot kuchiga ega 1,0 litrli turbobenzin dvigatel va mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Unga galogen faralar, 15 dyuymli po‘lat disklar, 12,3 dyuymli multimedia ekrani, Android Auto va Apple CarPlay, orqa kamera, konditsioner hamda elektr boshqariluvchi oynalar kiradi.
Kengaytirilgan versiya esa quyidagi qo‘shimcha opsiyalar bilan taqdim etiladi: lyuk, tom relslari, elektr bukiluvchi oynalar, qo‘shimcha dinamiklar va haydovchi o‘rindig‘ining balandligini sozlash. Ushbu versiya dizel dvigatel bilan ham taklif qilinadi va uning narxi 12 600 dollar.
Avtomat uzatmalar qutisi faqat ikki pedalga ega benzin versiyasida mavjud bo‘lib, 14 700 dollardan sotuvga chiqariladi. Dizel dvigatel bilan jihozlangan avtomatik versiya esa 19 500 dollarga baholangan.
Yuqori toifadagi versiyalarda quyidagi funksiyalar mavjud: 360° kamera, ADAS 2-avlod xavfsizlik tizimi, ko‘r maydon monitoringi, orqa o‘rindiqlar ventilyatsiyasi, Harman/Kardon audio tizimi va avtomatik yoritish boshqaruvi.
Kia Syros yaqin haftalarda Hindistonda sotuvga chiqishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar