14:40 / 07.02.2025
232

Sidneyda hovlidan 102 ta zaharli ilon topildi

Sidneyda hovlidan 102 ta zaharli ilon topildi
Foto: AFP
Sidneylik erkak uyining orqa hovlisida 102 ta zaharli ilon yashiringan in topib oldi. U darhol sudralib yuruvchilarni tutish bilan shugʻullanuvchi Reptile Relocation tashkilotiga murojaat qildi.

Ilonlar toʻkilgan barglar uyumida in qurgan boʻlib, ularning mavjudligi uy egasining itini chaqqanidan keyin ma'lum boʻldi. Reptile Relocation rahbari Kori Kerevaro sudralib yuruvchilar soni juda koʻp boʻlgani sababli, ularni tutish uchun ovchilarga qoʻshimcha yordam kerak boʻlganini ta'kidladi.

Mutahassislar uch soat ichida 102 ta qizil qorinli qora aspid ilonlarini qoʻlga oldi. Bu tur faqat Avstraliyada yashaydi va voyaga etganlarining uzunligi ikki metrgacha etishi mumkin. Odatda, ular tajovuzkor emas va odamlardan qochishga harakat qiladi.

Qizil qorinli qora aspidlarning zahari tarkibida neyrotoksinlar, miotoksinlar va koagulyantlar bor. Bu inson uchun jiddiy asoratlar keltirib chiqarishi mumkin, ammo hozirgacha oʻlim holatlari qayd etilmagan.

Tutilgan barcha ilonlar Qirollik milliy bogʻiga yaqin hududga qoʻyib yuboriladi. Avstraliya muzeyi olimlariga koʻra, ushbu tur nasl qoldirish davrida odatda oltitagacha boʻlib toʻplanishi mumkin.

— Ovchilar hali biror marta bitta joydan bu qadar koʻp qizil qorinli qora aspidlarni topmagan edi, — deydi Kori Kerevaro.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sidneyda hovlidan 102 ta zaharli ilon topildi